O‘zbekiston | 18:26 / 02.08.2023
5503
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya kompaniyasi Jizzaxda tog‘-kon sanoati kompleksi qurilishiga sarmoya kiritadi

Forish tumanida qo‘rg‘oshinli mahsulotlarni qayta ishlash zavodi quriladi. 

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Turkiyaning Esan Eczacibasi kompaniyasi O‘zbekistondagi Uchquloch qo‘rg‘oshin-rux konini o‘zlashtiradi.

Loyiha Jizzax viloyatining Forish tumanida qo‘rg‘oshinli mahsulotlarni qayta ishlash zavodini qurish orqali rangli metallar (rux, qo‘rg‘oshin, kadmiy, vismut, kumush) ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadi.

Qayd qilinishicha, Esan Eczacibasi konlarga ishlov berish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Kompaniya 40 dan ortiq karerlarni boshqaradi, xomashyoni qayta ishlovchi 8 ta zavodga ega. Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi, 2,5 mingga yaqin xodim ishlaydi.

Xabarda turk kompaniyasining qancha sarmoya kiritishi haqida ma’lumot berilmagan.

Uchquloch qo‘rg‘oshin-rux konini ekspluatatsiya qilish 1981 yilda boshlangan. Ammo rux va qo‘rg‘oshin narxining pasayishi tufayli konni o‘zlashtirish samarasiz bo‘lib chiqdi. 1998 yilda ruda qazib olish to‘xtatildi, 2006 yilda kon konservatsiya qilindi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid