Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Kiyev va Varshavada elchilar chaqirilgani haqida: hissiyotlar sovishi kerak
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina bilan birgalikda Rossiya agressiyasidan «dengizdan dengizgacha Yevropaning haqiqiy qalqoni»ga aylangan Polshaning qo‘llab-quvvatlashini qadrlashini aytdi.
U o‘zining Twitter sahifasida siyosiy kelishmovchiliklar «ukrain va polyak xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni buzishiga», hissiyotlar esa «xalqlarning asosiy manfaatlaridan ustun turishiga» yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hissiyotlar sovishi kerak».
Shu tariqa, Zelenskiy Anjyey Duda ma’muriyatining xalqaro siyosat bo‘yicha idorasi rahbari Markin Pjidachning bayonotlari bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi.
U Ukraina donining importini cheklash qarorini himoya qilib, Ukraina «o‘tgan oylar va yillar davomida Polshaning Ukraina uchun o‘ynagan rolini qadrlashni boshlashi kerakligini» aytdi.
Bunga javoban Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Polsha elchisi Bartosh Tsixotskiyni, Polsha TIV esa Ukraina elchisi Vasiliy Zvarichni chaqirtirdi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
22:39 / 18.05.2025