Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada yashovchi 100 mingga yaqin ukrainalik qochqin mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin
Buyuk Britaniyada yashovchi 100 mingga yaqin ukrainalik qochqinning uch yillik vizalari muddati tugashi sababli, ular 2025 yilda chiqarib yuborilishi xavfi bor. Bu haqda Konservativ partiyadan Britaniya parlamenti deputati Robert Baklend bayonotiga asoslanib, The Telegraph gazetasi xabar berdi.
Boris Jonson kabinetida adliya vaziri bo‘lib ishlagan Baklend Buyuk Britaniya hukumatini ukrainalik qochqinlarga «ko‘proq doimiy maqom» berish masalasini ko‘rib chiqishga va bu yil tegishli tayyorgarlik ishlarini olib borishga chaqirdi.
Aniqlik ukrainalik oilalarga kelajak hayotini rejalashtirish imkonini beradi, dedi Robert Baklend.
The Telegraph nashriga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boshlanganidan beri Buyuk Britaniya 182 mingdan ortiq ukrainalik qochqinni qabul qilgan, ularning aksariyati so‘nggi olti oy ichida kelgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025