Oliy sudda da’vogar sud boshlanishi arafasida kutish zalida vafot etdi
Tibbiyot xodimlarining birlamchi xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bugun, 3 avgust kuni Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida shikoyati ko‘rilishi kerak bo‘lgan namanganlik 66 yashar erkak sud boshlanishini kutib, kutish zalida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz'ga voqeadan xabardor shaxs xabar berdi.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz so‘roviga javoban hodisa yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro M. A. Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida 3 avgust soat 9. 15 ga tayinlangan sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan.
“Sud majlisi o‘z vaqtida boshlangan bo‘lib, sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida M. A. behush holda yotganini ko‘rgan. Shu zahoti barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M. A. hayotdan ko‘z yumganligi aniqlangan.
Tibbiyot xodimlari bergan birlamchi xulosaga asosan fuqaro M. A.ning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan”, deydi Aziz Obidov.
Avvalroq Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Po‘lat Shamshetov 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan ko‘p o‘tmay vafot etgan, u yurak xurujidan qazo qilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
14:44 / 21.09.2024
Senatda Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi
21:57 / 23.07.2024
Oliy sud fuqaroning ijtimoiy norma bo‘yicha shikoyatini qabul qilmadi
22:11 / 19.07.2024