Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ishi bo‘yicha sud: AQSh sobiq prezidenti o‘z aybini rad etyapti
Donald Trampga Kapitoliy binosiga bostirib kirish va 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga uringanlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi. AQSh sobiq prezidenti o‘zining aybsizligini ta’kidlayapti.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 3 avgust, payshanba kuni Vashingtondagi Kolumbiya okrugi federal sudining Kapitoliyga bostirib kirish va 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan birinchi majlisiga keldi. Majlisda Trampga 2020 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, hokimiyatda qolishga uringanligi haqidagi rasmiy ayblov o‘qib eshittirildi. Sobiq prezident AQShga qarshi fitna, saylovchilarni aldash kabi to‘rtta modda bo‘yicha ayblanmoqda. Tramp o‘z aybini tan olishdan bosh tortdi, deya xabar beradi dpa.
AQSh sobiq prezidentiga Kolumbiya okrugidagi sudda guvohlik berish uchun kelish, shuningdek, ish bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilmaslik buyurilgan. Shu bilan birga, prokurorlar sud jarayoni boshlangunga qadar Trampni hibsga olishga urinmadi, uning sanasi navbatdagi majlisda, 28 avgustda belgilanadi.
Sud binosidan chiqib ketarkan, Donald Tramp saylovoldi tashviqotiga zarar yetkazish maqsadida uni ta’qib qilishayotganini aytdi. «Bu Amerika uchun juda qayg‘uli kun», deb qo‘shimcha qildi sobiq prezident.
Ayblovga ko‘ra, 2021 yilning 6 yanvarida Tramp va uning sheriklari prezidentlik saylovlarida soxta bayonotlar tarqatish, shuningdek, zo‘ravonlik va tartibsizliklarni keltirib chiqarish orqali rasmiy ovoz berish natijalarini bekor qilishga uringan. Maxsus prokuror Jyek Smitga ko‘ra, aynan Trampning yolg‘onlari Kapitoliyga hujumga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025