Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda tuproq o‘pirilishi natijasida 13 kishi qurbon bo‘ldi - mamlakatda motam kuni e’lon qilindi
Voqea mamlakat shimolidagi Shovi tumanidagi tog‘ kurorti zonasida 3 avgust kuni kechqurun ro‘y bergan. Siljigan tuproq massasi kottejlar ustiga yopirilgan, yo‘llardagi ko‘priklarni vayron qilgan.
Shovidagi tabiiy ofat oqibatlari. Foto: newsgeorgia.ge
Voqea oqibatlarini bartaraf etish asnosida 13 kishining jasadi tuproq uyumlari ostidan olib chiqilgan. «Yana bedarak yo‘qolgan 23 kishi qidirilmoqda», degan Gurjiston sog‘liqni saqlash vaziri Zurab Azarashvili jurnalistlarga.
Gurjiston IIV Favqulodda vaziyatlarni boshqarish xizmati rahbari Teymuraz Mgebrishvilining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar va kinologlar yo‘qolgan insonlarni qidirishni davom ettirishmoqda. Uning aytishicha, tuproq ko‘chishi oqibatida daryo sohili bo‘ylab joylashgan va mehmonlar dam olayotgan kotejlarni tuproq bosib qolgan.

Tuproq ko‘chishiga tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi, muzliklarning erishi va sel oqimlari sabab bo‘lgan, degan Gurjiston parlamentining atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Mayya Bitadze. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, Shovidagi kurortga 5 million metr kub qattiq massa yopirilgan.

3 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida 400 qutqaruvchi va 200 harbiy ishtirok etmoqda. Qidiruv ishlariga vertolyotlar ham jalb qilingan. Tabiiy ofat zonasidan 200 kishi vertolyotlar yordamida evakuatsiya qilingan.

Gurjiston bosh vaziri Irakliy G‘aribashvili tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga mamlakatda 7 avgust motam kuni deb e’lon qilinganini ta’kidlagan.

Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
11:39 / 18.04.2025