O‘zbekiston | 17:11 / 05.08.2023
8129
2 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslarning ayrim turdagi hayvonlarni saqlashiga taqiq joriy etiladi

Senatorlar yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Foto: Senat.uz

Senatning bugun davom etgan qirq uchinchi yalpi majlisida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda yirtqich va zaharli yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki tutqunlikda saqlash, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish, ularni jamoat joylarida sayr qildirish natijasida turli noxushhodisalar uchrayotgani tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirishni talab etmoqda.

Foto: Senat.uz

Shu sababli, mazkur qonun bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.

Foto: Senat.uz

Senatorlarga ko‘ra, ushbu qonunning qabul qilinishi yovvoyi hayvonlarni saqlash hamda ulardan turli maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq hollarda aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, shuningdek vakolatli davlat organining ushbu yo‘nalishdagi javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid