O‘zbekiston | 07:52 / 05.08.2023
5915
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan O‘zbekistonga 50 ta konteynerda fotoelektr elementlari bo‘lgan birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

Xitoyning Shensi provinsiyasi ma’muriy markazi Sian shahridan O‘zbekistonga fotoelektrik elementlar yuklangan poyezd yo‘lga chiqdi.

Foto: Dunyo

Xitoyning «Sinxua» davlat axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yuk poyezdiga O‘zbekistonda 1 GVt quvvatga ega fotoelektr loyihasi uchun mahsulotning birinchi partiyasi bo‘lgan 50 ta konteyner 20 MVt quvvatga ega fotovoltaik elementlar yuklangan. 

Ushbu loyiha may oyida bo‘lib o‘tgan «Xitoy-Markaziy Osiyo» sammitidan keyin Xitoy korxonasi tomonidan Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan birinchi yirik yangi energiya loyihasidir.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekistonga Xitoy-Yevropa temiryo‘l yo‘nalishi bo‘ylab 3000 ga yaqin konteyner ortilgan jami 60 ta poyezd jo‘natishi kutilmoqda.

Mavzuga oid