Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab chempionlari kubogi. «Al-Ittihod» «Al-Hilol»ga mag‘lub bo‘lib, yarimfinalga chiqa olmadi
Arab chempionlari kubogi chorakfinali doirasidagi yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toifda o‘tgan bahsda Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni «Al-Ittihod» «Al-Hilol»ga qarshi maydonga tushib, mag‘lubiyatga uchradi. Jorjye Jyezush murabbiyligidagi Ar-Riyod klubida shu kuni Kalidu Kulibali, Sergey Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh, Malkom maydonga tushdi. Serbiyalik va braziliyalikning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi. Yana bir golga Ad-Dosari mualliflik qildi. Romarino jiddaliklarning yagona golini kiritdi.
«Al-Ittihod» safida Benzema 78-daqiqada penaltidan gol kirita olmadi. Shu tariqa, Eshpiritu Santu jamoasi yarimfinalga chiqa olmadi.
Yana ikki bahsda «An-Nasr» «Raja Kasablanka»ga qarshi o‘ynasa, «Ash-Shabob» «Al-Vahda» bilan o‘ynaydi. «Al-Shorta» va «Al-Hilol» yarimfinalda raqibini kutmoqda.
Arab chempionlari kubogi. Chorakfinal
«Al-Ittihod» – «Al-Hilol» – 1:3
Gollar: 0:1 – Milinkovich-Savich (15), 0:2 – Ad-Dosari (45+2, penalti), 1:2 – Romarino (56), 1:3 – Malkom (70).
«Al-Ittihod»: Groe, Al-Shangiti, Sharaxili, Xavsavi, Bamsaud, Kante, Koronado, Al-Amri, Romarino (As-Sahafi, 88), Jota Nevesh (An-Nashri, 79), Benzema.
«Al-Hilol»: Al-Mayyuf, Abdulhamid (Al-Burayk, 90+4), Kulibali, Al-Bulayxi, Ash-Shahroni (Ad-Dosari, 90+4), Kanno, Nevesh (Karrilo, 87), Mikael (Al-Hamdan, 62), Ad-Dosari, Milinkovich-Savich, Malkom (Al-Juvayr, 87).
Mavzuga oid
23:15 / 22.02.2024
OChL. «Navbahor» «Al-Ittihod»dan alamli tarzda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
20:58 / 15.02.2024
OChL. «Navbahor» nimchorakfinal dastlabki uchrashuvida «Al-Ittihod» bilan durang o‘ynadi
23:12 / 27.11.2023
OChL. «Nasaf» kambek ko‘rsatib guruh peshqadamiga aylandi, Benzema O‘zbekistondan g‘alaba bilan qaytdi
10:59 / 03.10.2023