Sport | 14:47 / 06.08.2023
23065
1 daqiqa o‘qiladi

«Neftchi» «Paxtakor»ni bir yilda ikkinchi marta mag‘lub etdi. «O‘zbek klasikosi»dan fotojamlanma

Superliga 15-turining markaziy uchrashuvi Toshkentda «Paxtakor» va «Neftchi» o‘rtasida kechdi.

Foto: tribuna.uz

Vodiylik muxlislarning olqishlari ostida o‘tgan poytaxtdagi «O‘zbek klasikosi»da ham «Neftchi» amaldagi chempionni mag‘lub etishga erishdi. O‘yin taqdirini Diyor Turopovning 69-daqiqada kiritgan goli hal qildi. 

Shu tariqa, «Neftchi» 31 ochko bilan shuncha ochkoga ega «Paxtakor»ni ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Qayd etish joiz, Vitaliy Levchenko murabbiyligidagi Farg‘ona klubi o‘z maydonida ham Shatskix shogirdlaridan ustun kelgandi.

Tribuna.uz muxbiri Hasan Yusupov azaliy raqiblarning bellashuvidan fotojamlanma tayyorladi. 

 

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid