Jahon | 08:15 / 07.08.2023
5946
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov Putinning 2024 yilda rekord natija bilan qayta saylanishini taxmin qildi

Putin matbuot kotibining aytishicha, Rossiyadagi prezidentlik saylovlari - «aynan demokratiya emas». Amaldagi prezident ularda 90 foizdan ko‘proq ovoz olishi mumkin. 

Foto: Sergei Karputkin/TASS/IMAGO

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilgi saylovlarda 90 foizdan ortiq ovoz bilan qayta saylanishi mumkin, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda u The New York Times gazetasi jurnalistiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, undan parchalarni nashr 6 avgust, yakshanba kuni chop etgan. 

«Bizning prezidentlik saylovlari - aynan demokratiya emas, bu qimmat byurokratiya. Janob Putin kelasi yili 90 foizdan ortiq ovoz bilan qayta saylanishi mumkin», - dedi Peskov. 

Bundan tashqari, Peskov Rossiya hozir egallab turgan hududlardan tashqari, Ukrainaning yangi hududlarini ham tortib olmoqchi emasligini ta’kidladi. «Biz konstitutsiyamizga kiritilgan barcha yerlarni o‘zimiznikidek nazorat qilmoqchimiz», — dedi Peskov. 

Ukraina hududlari qurolli bosib olinganidan keyin Rossiya konstitutsiyasi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk» va «Luhansk xalq respublikalari», shuningdek, Xerson va Zaporijjya viloyatlarining bosib olingan qismlarini Rossiya viloyatlari ro‘yxatiga kiritdi. 

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy tinchlik muzokaralariga munosabat bildirar ekan, Peskov hozir bunday kelishuvga asos yo‘qligini, Rossiya «yaqin kelajakda» harbiy harakatlar olib borishda davom etishini ta’kidladi. 

Mavzuga oid