Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari haqida ma’lumot berildi
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard so‘mdan ortiq zarar ko‘rilgan.
2023 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2695 ta iste’molchi tomonidan jami 242 million 213 ming kubometr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Shu bilan birga, yanvar-iyun oylarida 438,7 ming tonna suyultirilgan gaz, 649,6 ming tonna avtobenzin, 536,7 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 78,4 ming tonna mazut, 197,8 ming tonna polietilen va 38,1 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.
Respublika miqyosida 748 ta transformator punkti almashtirilgan, 7548 ta transformator punkti ta’mirdan chiqarilgan.
Yanvar-iyul oylarida iste’molchilarga 12 mlrd 146 mln kilovatt·soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1 mlrd 100 mln kilovatt·soat yoki 9,6 foiz ko‘p.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025