Buxoroda ona 3 kunlik chaqalog‘ini tunda kasalxona yoniga tashlab ketdi
Qorako‘l tumani markaziy kasalxonasi yonida sumka ichida qoldirilgan chaqaloqni shu atrofda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIB xodimlari topib olgan.
Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol o‘zining uch kunlik bolasini ko‘chaga tashlab ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 8 avgust kuni sodir bo‘lgan. Soat 1:30 larda Qorako‘l tumani markazida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB JXX JTSB PPX bataloni tumanlararo bo‘linmasi safdor xodimi Shahzod Saidov hamda tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori Habib Abdurahmonov tuman markaziy kasalxonasining Gemodializ bo‘limi ro‘parasidagi Travm punkt binosining orqa tomonidan o‘tayotganlarida chaqaloq yig‘isini eshitib qolishgan. Atrof sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganida devor yonida sumka ichida taxminan 3-5 kunlik chaqaloq borligi aniqlangan.
Chaqaloq ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan darhol tuman tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limiga yotqizilib, zaruriy birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va soha mutaxassislari nazoratiga olingan.
Holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloq tumanning Mirob mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.Z. tomonidan o‘z yashash xonadonida dunyoga keltirilgani hamda 7 avgust kuni soat 21:00 atrofida tashlab ketilgani fosh etilgan.
Hozirga paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
22:24 / 02.10.2024
Qorako‘lda mashina urib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
11:51 / 24.05.2024
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqda
13:25 / 31.03.2024