O‘zbekiston | 07:59 / 09.08.2023
5482
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya mebel ishlab chiqaruvchilari Farg‘onada yangi loyihani amalga oshiradi

Dang‘ara tumanida mebel ishlab chiqarish loyihasi Malayziya kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziya yog‘och ishlab chiqaruvchilar kengashi (Malaysian Timber Council-MTC), Malayziya mebel ishlab chiqaruvchilar kengashi (Malaysian Furniture Council-MFC) vakillari va Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hokimligi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuvda Malayziya tomoniga Farg‘ona viloyatini, shu jumladan Dang‘ara tumanini iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tumanning o‘sish nuqtalari va drayver tarmoqlari, shuningdek, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, erkin raqobatni shakllantirish, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida mebel ishlab chiqarish loyihasini Malayziya kengashiga a’zo kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirishga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid