Jahon | 13:26 / 09.08.2023
46526
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda dahshatli avariya: 10 kishi halok bo‘lgan (video)

Yuk mashinasi bir necha avtomobillarni bosib o‘tib, uylarga borib urilgan. 

Foto: Asia-Plus

Tojikistonda 6 avgust kuni kechqurun ro‘y bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, 14 kishi jarohat olgan. Bu haqda Asia-Plus portali xabar bermoqda.

YTH Xatlon viloyatidan o‘tgan Dushanbe—Ko‘lob—Xoro‘g‘ avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. Bu yerda yuk mashinasi bir nechta yengil mashinalarni bosib ketgan va uylarga borib urilgan.

Tojikiston IIV ma’lumotiga ko‘ra, yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manba YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, 13 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan. Jarohat olganlardan ikki nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolganlari kasalxonaga yotqizilgan.

Respublika prezidenti huzuridagi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 14 kishi jabrlanganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid