Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Donli ekinlar yetishtirish hajmi 7,3 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Farg‘ona viloyatida olingan.
2023 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 7,3 foizga oshgan.
Don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Farg‘ona viloyati egalladi. Uning don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 12 foizdan oshgan.
Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Surxondaryo (11,8 foiz), Qashqadaryo (11,3 foiz), Andijon (9,0 foiz), Samarqand (8,3 foiz) va Jizzax (8,2 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,1 foiz) va Navoiy viloyatida (3,6 foiz) kuzatildi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025