Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chat ekish tadbirlari investitsiya dasturi asosida amalga oshirilishi belgilandi
O‘rmon xo‘jaliklarining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Buxoro shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Yig‘ilishda xalq orasida oilada yangi farzand dunyoga kelganda, to‘y, yubiley va tug‘ilgan kun marosimlarida daraxt ekish kabi ezgu an’anani tiklash muhimligini qayd etildi.
Tegishli hududlar rahbarlariga qarovsiz qolgan 10 million tup daraxt o‘rniga yana shuncha daraxt ko‘chatini suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlarga ekish topshirildi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari 15 avgustga qadar daraxt ko‘chatlari zaxirasini yaratib, ularni ekish bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi.
Bundan buyon ko‘chat ekish tadbirlari har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturi asosida amalga oshirilishi belgilandi. Bu maqsadlar uchun har yili avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p - 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, har bir ko‘chatni kafolatli sotib olish tizimi yaratiladi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025