Sport | 15:05 / 12.08.2023
25590
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?

«So‘g‘diyona» klubi jamoa darvozaboni Milan Mitrovichning Farg‘onadagi o‘yin paytida jazavaga tushib, darvoza ortidagi bolalarni so‘kkani, darvoza ortidagi noma’lum shaxs bilan tortishgani sababini ma’lum qildi.

Foto: So‘g‘diyona

Jizzax klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, farg‘onalik bolboylar serbiyalik darvozabonning darvoza ichiga qo‘ygan dam solingan «pravoslav ilohiy suvi»ni unga bildirmay olib qo‘ygan. Buni klub taqdim etgan videoda ham ko‘rish mumkin.

«Neftchi» - «So‘g‘diyona» (0:0) uchrashuvi davomida Milan Mitrovichning asabiylashtirgan holatlar: 

1. «Neftchi» stadionida Mitrovich qo‘riqlayotgan darvoza ortida bolboylardan biri darvozabonimizning suvini olib ketgan vaziyat;

2. Bolboy nima sababdan bu ishni qildi?

3. Bolakayning atayin aynan shu suvga tegingani Mitrovichning asabini jumbushga keltirgan;

4. Ushbu idishdagi suv Milanning pravoslav ilohiy suvligi aytilmoqda.

5. Milan bilan suhbat qurgan shaxs kim, nima sababdan darvoza ortida turibdi?, - deyiladi «So‘g‘diyona» klubi xabarida.

Tribuna.uz ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik 35 yoshli darvozabon odatda o‘yin oldi va o‘yin davomida ushbu dam solingan muqaddas suvidan foydalanib kelgan.

Ma’lumot uchun, shu kuni suv olib qo‘yilganiga qaramay, «Neftchi» «So‘g‘diyona» darvozasini ishg‘ol eta olmadi. Mitrovich darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
 
Avvalroq, O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi Milan Mitrovichning nojo‘ya harakatlari o‘rganilishi va unga chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid