Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevan Qorabog‘ bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘radi
11 avgust kuni Yerevan BMTga «blokada natijasida» Tog‘li Qorabog‘dagi humanitar vaziyat yomonlashgani munosabati bilan Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilgan. Bu haqda 12 avgust, shanba kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«2023 yil 15 iyundan so‘ng Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston va tashqi dunyo bilan bog‘laydigan yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagi yopib qo‘yilganidan so‘ng, oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i kabi zaruriy tovarlarning haddan tashqari taqchilligi yanada kuchaydi», — deyiladi Armanistonning BMTdagi doimiy vakili Mger Margaryan BMT Xavfsizlik kengashi raisiga yo‘llagan maktubda.
2023 yil 23 aprelda Boku Xakari ko‘prigida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi va buni «inson kuchi, qurol-yarog‘ va minalarni noqonuniy tashishning oldini olish» zarurati bilan izohladi.
Armaniston qonunbuzarlik haqidagi da’volarni qat’iyan rad etib, Ozarboyjon 2020 yilgi sulh bitimini qo‘pol ravishda buzayotganini bildirdi.
Shu bilan birga, Yerevan Rossiyani o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi, unga ko‘ra, Lochin yo‘lagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
21:04 / 02.05.2025
Qorabog‘ haqida kutilmagan bayonot. Eron o‘z o‘qidan chiqib ketdimi?
19:15 / 13.03.2025
Qorabog‘ sobiq bosh vaziri Vardanyan ochlikni to‘xtatdi. U 23 kun davom etdi
07:07 / 14.02.2025
Tiklanayotgan Ag‘dam: u yaqin kelajakda eng jozibali turistik yo‘nalishlaridan biriga aylanadi
22:20 / 08.11.2024