Toshkentda Toyota Tashkent City dilerlik markazi ochildi
11 avgust kuni Yaponiyaning Toyota avtomobil brendi O‘zbekistonda o‘zining ilk rasmiy dilerlik markazini ochdi.
Toyota Tashkent City dilerlik markazi ochilish marosimida Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Xatori hamda Toyota kompaniyasining Markaziy Osiyodagi prezidenti Daisuke Ichihira ishtirok etdi hamda markazga rasmiy maqom beruvchi guvohnoma topshirildi.
“Bugungi tadbir menda juda katta taassurot qoldiryapti. O‘zbekiston juda katta potensialga ega mamlakat. Menimcha biz bu yerda yaxshi natijalarga erisha olamiz. Rasmiy dilerlik markazlari orqali o‘zbekistonlik avtomobil ishqibozlariga ajoyib avtomobillar taqdim etamiz. Avtomobillarimizning yangidan yangi modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz va ishonamanki, o‘zbekistonliklar bu yangiliklarimizdan bahramand bo‘lishadi”, - dedi Daisuke Ichihira.
Tantanali ochilish marosimi munosabati bilan dilerlik markazidan uchar shar havoga ko‘tarildi. Shundan so‘ng mehmonlar Toshkentdagi yangi markaz binosi va unda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Yangi Toyota Tashkent City dilerlik markazi o‘zbek xalqiga tanlovlar kengligi va qulaylikni taqdim etadi. Bu yerda avtosalon, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi va shourumni o‘z ichiga olgan besh yulduzli markaz bo‘ladi.
Tadbirning yorqin lahzalari O‘zbekistonda ilk qadamlarini qo‘ygan 2023 yilda ishlab chiqarilgan Toyota seriyasining betakror modeli TOYOTA CROWN taqdimoti o‘tkazildi.
Gibrid motorli TOYOTA CROWN klassik sedani endi markaz avtosalonida o‘z egalarini kutadi.
Kechada O‘zbekistondagi mingdan ortiq Toyota va Lexus avtomobiliga ega mehmonlar o‘rtasida o‘ynalgan yutuqli lotereya o‘yini tadbirning hayajonli voqeasi bo‘ldi. Unda g‘olibga TOYOTA CROWN avtomobili sovg‘a qilindi.
Toyota bu faqat avtomobil emas, balki sifat, ishonch va innovatsiyalar yig‘indisi demakdir.
Reklama
Mavzuga oid
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
15:53 / 01.03.2024
Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord o‘rnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
21:25 / 25.02.2024