Iqtisodiyot | 16:17 / 14.08.2023
37278
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma’lum qilindi

O‘tgan yilda yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga soliq tushumlarida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning ulushi 16,3 foizni, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning ulushi 8,6 foizni tashkil qilgan.  

Foto: NKMK

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022 yil uchun davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Fuqarolar uchun budjet” nashrini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda davlat budjetining soliq tushumlarida yirik soliq to‘lovchilarning ulushi 33,1 foizni tashkil qilgan.

2022 yilda yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetining soliq tushumlaridagi ulushi quyidagicha:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ(16,3 foiz);

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (8,6 foiz);

3. “O‘zbekneftgaz” AJ (2,2 foiz);

4. “O‘ztransgaz” AJ (1,4 foiz);

5. “Hududgazta’minot” AJ (1,2 foiz);

6. “Uzbat” AJ (1,1 foiz);

7. “UzAvto Motors” AJ (0,7 foiz);

8. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (0,6 foiz);

9. “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ (0,5 foiz);

10. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (0,5 foiz).

Mavzuga oid