Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «kidflyuyenserlar» daromadini himoya qilish bo‘yicha birinchi qonun qabul qilindi
Illinoys gubernatori voyaga yetmaganlarning daromadlarini himoya qiluvchi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab 16 yoshga to‘lmagan inflyuyenserlar yoki ota-onasi fotosuratlari va videolarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtiruvchi voyaga yetmaganlar e’lon qilingan materialdan tushgan daromad foizini olishi shart. Mablag‘ miqdori ular postlarda qanchalik tez-tez paydo bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bu - Qo‘shma Shtatlardagi birinchi shunday qonun.
Illinoys gubernatori Jyey Robert Pritsker voyaga yetmaganlarning daromadlarini himoya qiluvchi qonunni imzoladi, bu AQShda birinchi shunday hujjat hisoblanadi, deb xabar berdi Business Insider.
2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan yangi qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan inflyuyenserlar yoki ota-onasi fotosuratlari va videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan voyaga yetmaganlar kontentni joylashtirishdan tushgan daromad foizini olishi kerak. Mablag‘ miqdori ular postlarda qanchalik tez-tez paydo bo‘lishiga qarab belgilanadi.
Bu pul bola 18 yoshga to‘lgunga qadar ishonchli hisobraqamga o‘tkaziladi. Daromadning bir qismi ularga o‘tkazmagan taqdirda, inflyuyenser bolalar sudga murojaat qilishi mumkin.
Associated Press xabariga ko‘ra, qonun ustida ish 15 yoshli Shreya Nallamotuning murojaatidan so‘ng boshlangan, u shtatdan senator hisoblanuvchi Devid Kelerdan «kidflyuyenserlar»ni ekspluatatsiyadan himoya qilishni va ularga kontentidan daromad olish imkonini berishni so‘ragan.
Illinoys qonuni har bir ko‘rish uchun kamida 10 sent oladigan kontentga nisbatan qo‘llanadi. Shu bilan birga, bolalar 30 kun ichida e’lon qilingan fotosuratlar va videolarning kamida 30 foizida paydo bo‘lishi kerak.
Shunga o‘xshash qonun loyihasi hozirda Vashington shtatida ko‘rib chiqilmoqda, biroq u yerda fevral oyidan beri hujjat bo‘yicha hech qanday o‘zgarish kuzatilmayapti.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025