Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
Erondagi Fars News axborot agentligining veb-sahifasida “Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi” sarlavhali axborot materiali e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda joriy yil 7-8 sentabr kunlari Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlar qalamga olingan.
Qayd etilganidek, xalqaro konferensiya Butunjahon oziq-ovqat kuniga, ya’ni har yili nishonlanadigan 16 oktabr – BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil etilgan sanaga bag‘ishlab o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
“Ushbu xalqaro anjumanga dunyoning turli mamlakatlaridan ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari taklif etiladi, xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi standartlari, ovqatlanish, qayta ishlash va oziq-ovqat sifati, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Konferensiya doirasida Samarqand shahrida O‘zbekiston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi”, - deb yozadi Fars News.
Mavzuga oid
17:20 / 30.04.2025
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
20:23 / 14.02.2025