Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi quradi
Navoiy viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida mamlakatning Pekindagi elchixonasida biznes-forum tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbirda so‘zga chiqqan Pekindagi elektromexanik mahsulotlar bo‘yicha Xitoy savdo palatasining vitse-Prezidenti Lyu Chun ushbu forumning muhimligini e’tirof etdi.
«Ushbu jarayon doirasida biz Xitoyning ko‘plab kuchli korxonalariga O‘zbekistonga sarmoya kiritishni tavsiya qildik. Bugun biz Navoiy viloyati biznes forumida ishtirok etmoqdamiz va Navoiy viloyati haqida yaxshi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, Navoiy viloyati qurilish materiallari va mineral resurslar uchun katta afzalliklarga ega. Kelgusida O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalarini ko‘proq joriy etishga umid qilamiz», dedi u.
China Huadian Overseas Investment kompaniyasi rahbari Lu Yuan O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini, do‘stona munosabatlar, yaqin savdo-iqtisodiy almashinuvlar amalga oshirilganini aytib, turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshirilganini ta’kidladi.
Forum doirasida China Huadian Overseas Investment Co., Ltd va Avic-Intl Project Engineering Company kompaniyalari bilan Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Beijing Mingou Investment Co., Ltd bilan sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025