Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatishda talablar soddalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, endilikda o‘z faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatayotgan tadbirkorlik sub’yekti, shu jumladan, YaTT, ro‘yxatga oluvchi organga quyidagilarni taqdim etish majburiyatidan ozod etilmoqda:
- hisob raqami yopilganligi haqida ma’lumotnoma. Ushbu ma’lumot bank tomonidan axborot tizimiga yuklanadi;
- o‘ziga tegishli bo‘lgan muhr va shtamplarni.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2023 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025