Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash tizimi raqamlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Davlat OTM talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
2023-2024-o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTMning talabalar turar joyiga joylashish Davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20 avgustdan boshlanadi.
Talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo‘yiladi.
Yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMning talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
17:25 / 04.11.2024
“Toponimik nomlarni tushunmasdan, ulardan uyalish yaramaydi” – O‘zbekistondagi “g‘alati” joy nomlari haqida
13:12 / 23.08.2023
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
12:14 / 23.08.2023
“O‘g‘irlanayotgan” maqsadli kvota: g‘ozg‘onliklarning “haqi” nega boshqalarga o‘tib ketdi?
07:48 / 23.08.2023