O‘zbekiston | 07:43 / 16.08.2023
3454
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda 248 ming o‘zbekistonlik dam olish uchun xorijga chiqqan

2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 1,7 mln kishi.

Shuningdek: 

  • dam olish — 248,3 ming kishi; 
  • o‘qish maqsadida — 19,5 ming kishi;
  • davolanish — 15,3 ming kishi; 
  • xizmat yuzasidan — 6,8 ming kishi.

Mavzuga oid