Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondan prognoz: O‘zbekiston iqtisodiyotida jadal rivojlanish sur’atlari saqlab qolinadi
Hindiston ommaviy axborot vositalari tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy yil birinchi yarim yilligidagi o‘sish ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Iqtisodiy mavzuga ixtisoslashgan yetakchi The Economic Times gazetasi 2023 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,6 foizga o‘sganini ta’kidlagan.

Gazeta sharhlovchisi Dipanjan Roy Chaudhuri O‘zbekistonda inflatsiya sekinlashishda davom etayotgani va 6 oy yakunlariga ko‘ra so‘nggi 5 yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘lganini urg‘ulagan.
Asosiy kapitalga investitsiyalar qariyb 8 foizga oshgani, markazlashtirilmagan investitsiyalardagi o‘sish sur’ati 8,7 foizni tashkil etgani, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda esa 21 foiz darajasidagi yuksalish qayd etilgani bayon qilingan.
Investitsiyalar tarkibida markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi kamaygani va aksincha markazlashtirilmagan investitsiyalar ulushi mos ravishda oshgani ta’kidlangan.
Nashr investitsiyalarda ishlab chiqarish sanoatiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi o‘sgani, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari izchil oshayotgani va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar haqida batafsil jadval va raqamlarni keltirgan.
Muallif O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ham qariyb 20 foizga ko‘payganiga alohida e’tibor qaratgan.
«Umuman olganda, birinchi yarim yillikning asosiy tendensiyalari makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiyotga salbiy omillarning ta’sirini kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ijobiy o‘sish dinamikasini qo‘llab-quvvatlash, investitsiya faolligini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston iqtisodiyotida yil oxirigacha barqarorlik va jadal rivojlanish sur’atlari saqlab qolinishi kutilmoqda», - deb fikr yuritgan gazeta sharhlovchisi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025