O‘zbekiston | 07:53 / 16.08.2023
3009
1 daqiqa o‘qiladi

ISSV prezidentning tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti» arafasida 100 ta investitsiya loyihasini taqdim etdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti» doirasida 100 ta investitsiya loyihasini taqdim etdi.

ISSV ma’lumotiga ko‘ra, loyihalar quyidagi sohalarni qamrab oladi:

  • elektrotexnika;
  • kimyo;
  • mashinasozlik;
  • metallurgiya;
  • farmatsevtika;
  • avtomobil sanoati;
  • to‘qimachilik;
  • charm-poyabzal;
  • qishloq xo‘jaligi;
  • qurilish materiallari.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida loyiha.miit.uz elektron platformasi yaratilgan bo‘lib, unda taqdim etilgan 100 ta loyihaning har biri bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish, qiziqtirgan savollarni berish va eng muhimi, ariza qoldirish mumkin.

Belgilangan istiqbolli loyihalarga qiziqish bildirgan tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi, shuningdek, infratuzilma va yer masalalarini hal etishda ko‘mak beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid