Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoning besh davlati prezidentlari sentabr o‘rtalarida Dushanbeda uchrashadi
O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston prezidentlari beshinchi marta maslahat uchrashuviga yig‘iladi.
14-15 sentabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashadi. Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin 15 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berdi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, oliy darajadagi beshinchi maslahat yig‘ilishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tadi.
– Ushbu uchrashuvni yuksak saviyada va munosib o‘tkazish uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibmiz. Tayyorgarlik ishlari har tomonlama olib borilmoqda, – dedi Sirojiddin Muxriddin.
Vazir Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida hujjatlar to‘plami imzolanishini, ulardan eng muhimi davlat rahbarlarining yakuniy deklaratsiyasi bo‘lishini aytdi.
Shuningdek, Dushanbeda ikkita muhim shartnoma – quruqlikdagi transport va yoshlar siyosati sohasida imzolanadi.
«Tojikiston, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi doirasida 12 ta qo‘shimcha tadbir o‘tkazishni taklif qildi. Ular orasida iqtisodiy forum, olimlar forumi, faol ayollar uchrashuvi, madaniy dastur va beshta davlat milliy taomlari ko‘rgazmasi ham bor», dedi TIV rahbari.
Shu bilan birga, Dushanbe shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi rejalashtirilgan bo‘lib, uning yakunlari bo‘yicha bir qancha qarorlar imzolanishi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi birinchi marta 2018 yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida, keyin 2019 yilda Toshkent shahrida, 2021 yilda Turkmanistonning Ovoza shahrida va 2022 yilda Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilgan edi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
21:41 / 25.04.2025