O‘zbekiston | 07:41 / 16.08.2023
3561
2 daqiqa o‘qiladi

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi ishlab chiqildi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekiston milliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Quyidagi ofatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • zilzila;
  • yer va tosh ko‘chishi;
  • kuchli shamollar;
  • qor ko‘chishi;
  • qurg‘oqchilik;
  • sel va suv toshqini;
  • tabiiy yong‘inlar;
  • tabiiy hodisalar bilan bog‘liq texnogen xavflar.

Milliy harakatlar rejasining asosiy maqsadi – bu tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqishdir.

Quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • yangi qonunchilik normalarini, respublika va hududiy strategiyalarni ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishda mahalliy hokimiyat ishtiroki va javobgarligini oshirish;
  • tabiiy ofatlar xavfini aniqlash va baholash, aholining bunday holatlar haqida xabardorligini oshirish;
  • davlat va xususiy investitsiyalarini jalb etish; avariyaviy-qutqaruv va boshqa maxsus texnikani ishlab chiqarishni DXSh tamoyillari asosida mahalliylashtirish va boshqalar.

Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha 26 ta asosiy chora-tadbirdan iborat “Yo‘l xarita”si tasdiqlanmoqda.

Mavzuga oid