Toshkentda yangidan tayyorlangan boshlang‘ich sinf darsliklari bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilyapti
2023 yil 14-17 avgust kunlari Toshkent shahrida malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida boshlang‘ich sinflarda ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslanib, yangidan tayyorlangan 1-4-sinf darsliklarini o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar natijalarini baholash, fanlararo integratsiyani ta’minlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etilyapti.
Yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda «4K» modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
To‘rt kunlik kurs davomida darslik mualliflari va ilg‘or amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan hududiy trenerlarga boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar natijalarini baholash, bunda fanlararo integratsiyani ta’minlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etilyapti.
Mavzuga oid
13:00 / 05.11.2024
Tianjinga sayohat: Birinchi “Yinghua O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik sinfi”muvaffaqiyatli o‘tkazildi
14:50 / 23.10.2024
Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
11:54 / 29.09.2024
Sobiq sovet davlatlari tarix darsliklarida Rossiya salbiy obrazda tasvirlanayotganidan shikoyat qilindi
16:58 / 12.09.2024