Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antikorrupsiya agentligi nodavlat oliy ta’lim muassasalari bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqladi
Nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 38 tasiga litsenziya berishda 82 ta holatda turli kamchilik va qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan nodavlat oliy ta’lim muassasalari tashkil etish faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilindi.
Tahlillar davomida ushbu yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilmagani, normativ-huquqiy bo‘shliqlar va boshqa korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyil bo‘lgan holatlar mavjudligi aniqlangan.
Jumladan, 2022-2023 yillarda faoliyati litsenziyalangan 65 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 38 tasiga litsenziya berishda 82 ta holatda turli kamchilik va qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Xususan, 22 ta holatda talabgorlarga davlat yong‘in nazorati va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining tegishli xulosalari olinmagan.
Shuningdek, talabgorlar tomonidan elektron tizimga o‘quv reja va fan dasturlari yuklanmagan yoki to‘liq yuklanmagan.
Tahlil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalash sohasida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan va prezident Administratsiyasiga kiritilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
13:20 / 13.03.2025