Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada qattiq chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha Finlandiya texnologiyasi joriy etiladi
Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari Finlandiyaning SETCleanTech kompaniyasi ijrochi direktori Youni Suomalaynen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda SETCleanTech tomonidan ishlab chiqarilayotgan Tyrannosaurus qattiq chiqindilarni avtomatik ajratish va qayta ishlash liniyasini Farg‘ona viloyatda joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Dunyoning eng ilg‘or texnologiyalariga asoslangan ushbu liniya, bugungi kunda ko‘plab xorijiy mamlakatlarda 200 dan ziyod chiqindini qayta ishlash korxonasida o‘rnatilgan. Ushbu texnologiya orqali yonmaydigan chiqindilar ajratib olingach, qolgan chiqindilardan asosan sement zavodlarida foydalanishga mo‘ljallangan SRF yoqilg‘isi ishlab chiqariladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida O‘zbekistonda «nol chiqindi» (zero waste) tamoyillari joriy etilayotgani, barcha chiqindi poligonlarida chiqindilarni to‘liq qayta ishlash yo‘lga qo‘yilayotgani qayd etilib, bu borada SETCleanTech kompaniyasi bilan hamkorlik muhim bo‘lishi qayd etildi.
Ushbu texnologiyalarni SETCleanTech tomonidan mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda Farg‘onada joriy etish, bu borada Yevropa va jahon moliyaviy institutlarining kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha birgalikda loyiha ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikning kelgusi qadamlari borasida kelishib olindi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025