Fransiya kompaniyasi «Chimyon» xalqaro umummavsumiy kurortini qurishni boshlamoqda
Fransiyaning MND France kompaniyasi «Chimyon» xalqaro umummavsumiy kurortini qurishni boshlashga tayyor.

Foto: Dunyo
Uzbektourism.uz veb-sayti ma’lumotiga ko‘ra, «Bildirsoy – Chimyon – Nanay» xalqaro mavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish loyiha idorasi» davlat unitar korxonasi tomonidan «Chimyon turistik zonasini qurish» loyihasi doirasida e’lon qilingan tenderda Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi g‘olib deb topilgan edi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi doirasida «Chimyon» xalqaro umummavsumiy kurort obektlarini qurish bo‘yicha «Beldirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi hamda Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Loyiha doirasida dam oluvchilarni 2515 metr balandlikka ko‘tariladigan oraliq osma yo‘li va 3309 metr balandlikka chiqadigan mayatnik tipidagi 80 kishilik asosiy osma yo‘li quriladi. Kurort bunday inshootlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi. Shuningdek, unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi. Umumiy uzunligi 20 kmdan ortiq bo‘lgan turli darajadagi 11 ta chang‘i uchish joylari, 6000 nafar turistga mo‘ljallangan mehmonxona majmualari va kottejlar quriladi.
Mavzuga oid

17:00 / 08.04.2025
Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

17:42 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

07:54 / 02.04.2025