O‘zbekiston | 07:18 / 18.08.2023
2032
1 daqiqa o‘qiladi

Kadrlar zaxirasidagi bir guruh davlat xizmatchilari malaka oshirish uchun Xitoyga yuborildi

Milliy kadrlar zaxirasidagi bir guruh davlat xizmatchilari Xitoyda malaka oshirmoqda.

Foto: argos

Ular Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro davlat xizmatchilari akademiyasida “Yosh rahbarlar faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusidagi seminarda ishtirok etmoqda.

Tadbir barqaror rivojlanish sohasidagi bilimlar va milliy boshqaruv amaliyotlari bilan o‘rtoqlashish, davlat xizmati uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, turli mamlakatlardan kelgan davlat xizmatchilari o‘rtasida muloqotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Seminar rivojlanish sohasida global tashabbuslar, Xitoyda modernizatsiya va ochiqlik siyosati, Xitoy yetakchilarining boshqaruv falsafasi, davlat xizmati tizimi, ijtimoiy himoya tizimining isloh qilinishi va rivojlanishi, kambag‘allikni qisqartirish siyosati va amaliyoti, ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy mexanizmlar, faol bandlik siyosatining ishlab chiqilishi, takomillashtirilishi, davlat xizmatchilarida yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda elektron hukumat kabi mavzularni qamrab olgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid