O‘zbekiston | 14:15 / 21.08.2023
2401
1 daqiqa o‘qiladi

Respublikadagi barcha tuman-shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasida 21 avgust, dushanba kuni ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri boshlandi.

Tadbirlar butun respublika bo‘ylab «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida o‘tkaziladi.

Targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda  Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilgan.

Ta’kidlanishicha, respublika bo‘yicha barcha viloyatlarda faoliyat yuritib kelayotgan 219 ta tuman, shahar bosh imom-xatiblari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid