Smartfon akkumulyatorining yonib ketishi sabablari aytildi
Qurilmaning qo‘ldan tez-tez tushib ketishi, sifatsiz zaryadlovchi yoki sifatsiz pauerbank ishlatish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Smartfonning noto‘g‘ri ishlashi uning akkumulyatorida yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Mobile Research Group tahlilchisi Eldor Murtazin gapirib berdi.
«Rossiyada shunga o‘xshash hodisalar oyiga o‘n martagacha qayd etiladi, boshqa mamlakatlarda ham statistika shunga o‘xshash», dedi u.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, smartfon yonib ketishining eng ko‘p uchraydigan ikkita sababidan biri bu qurilmaning qo‘ldan tez-tez tushib ketishi oqibatida akkumulyator qobig‘ining shikastlanishidir.
«Ikkinchi sabab — sifatsiz zaryadlovchi yoki sifatsiz pauerbankdan foydalanish, ular telefon «ko‘tara olmaydigan» yuqori quvvatni berib yuborishi mumkin», deb qo‘shimcha qildi Murtazin.
Shuningdek, agar smartfon quyosh nurlari ostida qoldirilsa, batareya qizib ketishi va ishdan chiqishi mumkin, deb davom ettirdi u.
«Agar batareya shishib, korpusdan chiqib qolayotganini ko‘rsangiz, bunday smartfondan foydalanmang. Bu xavfli, istalgan vaqtda smartfon yonib ketishi va kuydirishi mumkin», dedi Murtazin.
Biroq, aksariyat hollarda, smartfonlar yonmaydi, balki, tutab turadi, deb tushuntirdi ekspert.
«Olovlanish juda kamdan kam hollarda sodir bo‘ladi, buning uchun havo nam bo‘lishi yoki qurilma suvga tushishi va batareya qobig‘i yorilishi kerak», dedi Murtazin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, batareyani muntazam ravishda almashtirib turish kerak.
«Batareya to‘zib ketadigan narsadir, uni har ikki-uch yilda bir marta almashtirish kerak. Smartfon yomonroq ishlay boshlaganini, quvvatni ushlab turish qobiliyati pasayganini sezsangiz, batareyani almashtiring», deb maslahat berdi Murtazin.
Mavzuga oid
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
10:30 / 09.10.2024
Xitoylik olimlar Mars atmosferasidan energiya ishlab chiqaradigan batareyani yaratdi
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024