Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Falastin siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Bayonnoma imzoladi
Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Falastin tashqi ishlar vaziri Riad Malki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Asrlar davomida shakllangan tarixiy rishtalarimiz ko‘plab yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston va Falastin bozorlarini kashf qilishda ikki mamlakat ishbilarmonlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — deyiladi 20 avgustda e’lon qilingan TIV bayonotida.
Shuningdek, 21 avgust kuni O‘zbekiston-Falastin tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi.
Hujjatda o‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari, erishiladigan aniq maqsadlar va asosiy qadamlar belgilangan.
Rasmiy relizda uchrashuvning boshqa tafsilotlariga to‘xtalinmagan.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025