Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Amir Temur davriga oid qishloq xarobalari topildi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi Xo‘ja Ravshan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qishloq xarobalari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan qazish ishlari davomida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilindi.
Ushbu yodgorlik o‘rnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga to‘la karvon yo‘li joylashgan bo‘lgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi.


Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, o‘sha kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi chig‘atoy davrining so‘nggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan bo‘lgan. Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor.
Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgani haqida dastlabki xulosalarga keldi.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025