O‘zbekiston | 13:48 / 23.08.2023
6676
2 daqiqa o‘qiladi

Senatning navbatdagi majlisida Surxondaryo va Xorazmdagi dasturlar ijrosi muhokama qilinadi

Majlis 24 avgust kuni videokonferensaloqa formatida o‘tkaziladi.

Foto: Senat.uz

22 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisini 2023 yilning 24 avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

«O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi hamda «Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidan.

Foto: Senat.uz

Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid