Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Davlatning qo‘llovi bilan yuqori marralarga erishyapmiz” – mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkor
Fazliddin Bahromov mehmonxona biznesini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlardan. U 2020 yilda “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan AQShning Vebster universitetida magistratura bosqichida ta’lim olib qaytgan.
Joriy yil 18 avgust kuni Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida u ham qatnashdi va davlat rahbariga o‘z takliflarini bildirdi.
“2019 yilda oilamiz bilan mehmonxona qurilishini boshlaganmiz. Dastlab loyihamiz bo‘yicha 35 ta xona bo‘lishi kerak edi, oddiy mehmonxona bo‘lar edi. O‘sha yili davlatimiz rahbari tashabbusi bilan imtiyoz joriy qilindi, ya’ni xonalar soni kamida 50 ta bo‘lib, davlat standartlari bilan 3 yulduzli mehmonxona qurilsa, har bir xona uchun davlat tomonidan 40 mln so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi. Shundan so‘ng qurilayotgan 35 xonali mehmonxonani qayta loyihalab, 52 ta xonali qildik. 2019 yildan beri qurilish davom etyapti, pandemiya payti bir yildan ziyod vaqtda to‘xtab qoldi ham.
Kuz oylariga yakuniga yetib ochilishimiz kerak. Lekin yaqinda eshitdikki, 2023 yil yakuniga qadar deyilgan subsidiya muddatidan oldin bekor qilinibdi. 18 avgust kuni davlatimiz rahbari bilan muloqotda o‘z muammolarimni aytdim. Shundan so‘ng men va menga o‘xshagan qurilishni boshlab hali yakunlamagan tadbirkorlarga va’da qilingan subsidiya to‘lab berilishi ma’lum qilindi.
Mehmonxonamiz ishga tushgach, 30 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlanadi. Aksariyati yoshlar bo‘ladi. Mehmonxonalar uchun soliq imtiyozlari ham bor, ya’ni mol-mulk solig‘i 1 foiz to‘lanadi. Daromad solig‘ida ham imtiyozlar bor. Bundan tashqari, mehmonxonalar uchun chet eldan xarid qilingan narsalar uchun bojxona bojlari bekor qilingan. Biz ham shu imtiyoz doirasida olib kelgan jihozlarimizga boj to‘lamadik. Agar davlat rahbarining qo‘llovi bo‘lmaganda ahvolimiz og‘ir kechardi», deydi tadbirkor.
Mavzuga oid
21:54 / 10.06.2024
Poytaxt Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
12:23 / 05.09.2023
Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:36 / 04.09.2023