Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» Toshkentda boshlaydi, «Nasaf» Iordaniyada, «Navbahor» va OKMK 1-turda Saudiyada mehmon bo‘ladi. Guruh bosqich taqvimi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo Chempionlar Ligasida G‘arb mintaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi va unda O‘zbekistonning 4 klubi ham o‘z raqiblarini bilib olishdi.
«Paxtakor» «Al-Ayn» bilan boshlaydi
«Paxtakor» nisbatan oson guruhdan o‘rin oldi. «Nasaf»ga o‘tgan yilgi raqibi «As-Sadd» tushdi. «Navbahor» Neymari bor «Al-Hilol»ga qarshi, OKMK Benzema va Kantesi bor «Al-Ittihod» bilan to‘qnash keladi.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni sanalmish Maksim Shatskix shogirdlari 1-turda BAAning «Al-Ayn» klubini Toshkentda qabul qiladi, jamoa so‘nggi turni ham «Paxtakor» stadionida o‘tkazadi.

«A» guruhi. «Paxtakor»ning OChL guruh bosqich taqvimi:
1-tur. 18-19 sentabr
«Paxtakor» - «Al-Ayn» (BAA)
2-tur. 2-3 oktabr
«Al-Fayha» (S.Arabistoni) - «Paxtakor»
3-tur. 23-24 oktabr
«Paxtakor» - «Ahal» (Turkmaniston)
4-tur. 6-7 noyabr
«Ahal» - «Paxtakor»
5-tur. 27-28 noyabr
«Al-Ayn» - «Paxtakor»
6-tur. 4-5 dekabr
«Paxtakor» - «Al-Fayha».
«Nasaf» turnirni safarda «Al-Faysali»ga qarshi boshlaydi
«Nasaf»ning guruhida esa Saudiya Arabistoni klubi yo‘q. Qarshi jamoasi 1-turda Iordaniyada «Al-Faysali» mehmoni bo‘ladi, guruh bosqichini Qatarda «As-Sadd»ga qarshi bahs bilan yakunlaydi.

«V» guruhi. «Nasaf»ning OChL guruh bosqich taqvimi:
1-tur. 18-19 sentabr
«Al-Faysali» (Iordaniya) - «Nasaf»
2-tur. 2-3 oktabr
«Nasaf» - «As-Sadd» (Qatar)
3-tur. 23-24 oktabr
«Sharja» (BAA) - «Nasaf»
4-tur. 6-7 noyabr
«Nasaf» - «Sharja»
5-tur. 27-28 noyabr
«Nasaf» - «Al-Faysali»
6-tur. 4-5 dekabr
«As-Sadd» - «Nasaf»
Benzema OChLdagi debyutini OKMKga qarshi o‘tkazishi mumkin
Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK dastlabki turda «Al-Ittihod» mehmoni bo‘ladi. Benzema, Kante va Fabino singari yulduzlar OChLdagi debyutini Olmaliq jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jiddadagi «Qirol Abdulla Spors City» o‘yingohidagi atmosfera qanday bo‘lishini hozirdan tasavvur qilish qiyin emas.

«S» guruhi. OKMKning OChL guruh bosqich taqvimi:
1-tur. 18-19 sentabr
«Al-Ittihod» (S.Arabistoni) - OKMK
2-tur. 2-3 oktabr
OKMK - «Eyr Fors» (Iroq)
3-tur. 23-24 oktabr
OKMK - «Sipohon» (Eron)
4-tur. 6-7 noyabr
«Sipohon» - OKMK
5-tur. 27-28 noyabr
OKMK - «Al-Ittihod»
6-tur. 4-5 dekabr
«Eyr Fors» - OKMK
Neymar OChLdagi debyutini «Navbahor»ga qarshi o‘tkazishi mumkin
«Navbahor» 1-turdayoq turnir favoritlaridan biri, OChLning o‘tgan yilgi finalchisi «Al-Hilol»ga raqib bo‘ldi. Ar-Riyoddagi bahsda Neymar, Kulibali, Mitrovich, Savich, Nevesh, Malkom, Yassin Bunu kabi yulduzlar Osiyo Chempionlar ligasidagi debyut bahsini Namangan jamoasiga qarshi o‘tkazishi mumkin. Vodiy klubi muxlislari qarshisida turnirdagi ilk uchrashuvini 2-turda «Mumbay Siti»ga qarshi o‘tkazsa, «Al-Hilol» noyabr oyi oxirida Namanganda mehmon bo‘ladi.

«D» guruhi. «Navbahor»ning OChL guruh bosqich taqvimi:
1-tur. 18-19 sentabr
«Al-Hilol» - «Navbahor»
2-tur. 2-3 oktabr
«Navbahor» - «Mumbay Siti» (Hindiston)
3-tur. 23-24 oktabr
«Navbahor» - «Nassaji Mozandaron» (Eron)
4-tur. 6-7 noyabr
«Nassaji Mozandaron» - «Navbahor»
5-tur. 27-28 noyabr
«Navbahor» - «Al-Hilol»
6-tur. 4-5 dekabr
«Mumbay Siti» - «Navbahor».
Ma’lumot uchun, OChL bahslarida ilk marta guruh bosqichida VARdan foydalanilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi
21:16 / 02.10.2024