Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyada Putin ortida turmagan voqealar kamdan kam bo‘ladi». Bayden - Prigojinning samolyoti halokati haqida
AQSh prezidenti Jo Bayden jurnalistlar bilan suhbatda «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limi tafsilotlaridan boxabar emasligini bildirdi.
«Nima bo‘lganini aniq bilmayman, ammo men hayron bo‘lganim yo‘q», — degan Bayden. Jurnalistlarning samolyot halokatiga Vladimir Putin aloqador deb hisoblaysizmi, deya bergan savoliga AQSh prezidenti shunday javob bergan: «Rossiyada Putin ortida turmagan voqealar kamdan kam bo‘ladi. Menda javob berish uchun yetarli ma’lumot yo‘q».
- 23 avgust kuni kechqurun «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan samolyot Tver oblasti hududida qulab tushdi. Rosaviatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmen va xususiy harbiy kompaniya komandiri Dmitriy Utkin ham samolyot yo‘lovchilari qatorida qayd etilgandi.
- Xususiy harbiy kompaniyaga yaqin hisoblangan Grey Zone telegram-kanali ham Prigojin va Utkin halok bo‘lganini tasdiqlagan. Yollanma jangchilarga aloqador boshqa bir kanal esa Prigojinning taqdiri haqida tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirgan.
- Prigojinning samolyoti halokati vagnerchilarning yakunlanmay qolgan isyonidan roppa-rosa ikki oy o‘tib ro‘y berdi.
- «Interfaks» ma’lumotiga ko‘ra, Prigojinning biznes-jyeti qulagan joyda qidiruv ishlari yakunlangan. Samolyot bortida bo‘lgan barcha 10 kishining jasadlari qoldiqlari topilgan.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025