DXX Kubogi. Final bosqichi o‘tkazilmoqda
Butun respublika bo‘ylab minglab o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan, «Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi» shiori ostida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi hal qiluvchi pallaga keldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘olib bo‘lgan xavaskor jamoalar hozir poytaxtda jam bo‘lishgan.
Bu galgi voqelikning eng muhim yangiligi: DXX kubogi uchun qizlar o‘rtasida ham mini-futbol bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning respublika bosqichi 21-25 avgust kunlari «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00dan bo‘lib o‘tmoqda. Final 26 avgust kuni soat 18:00da «Jar» stadionida boshlanadi.
Bu — yangi iqtidorlar tanlovi, salohiyat va hamjihatlik namoyishi, mahalla yulduzlarining katta sport sari dadil odimi. Havaskorlarning professionallarga xos shijoat, texnika va mahoratiga guvoh bo‘ling.