O‘zbekiston | 16:58 / 25.08.2023
6447
4 daqiqa o‘qiladi

MyID biometrik tizimi iBeta (AQSh) laboratoriyasidan sifat tasdig‘ini qo‘lga kiritdi

Photo: UZINFOCOM

“Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasi tomonidan yaratilgan MyID biometrik identifikatsiya tizimi iBeta Quality Assurance sertifikatini qo‘lga kiritdi. Sinov bir oy davomida o‘tkazildi va ajoyib natijalarni ko‘rsatdi.

O‘tgan yilning oxirida “Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasi iBeta Quality Assurance kompaniyasiga ushbu nomdagi sertifikatga ega bo‘lish maqsadida, o‘zining MyID biometrik tizimini tekshirish uchun so‘rov yuborgan edi.

Keng ko‘lamli sinov bir vaqtning o‘zida olti xil hujumdan iborat bo‘ldi:

1. 2D photo on matte paper with edges cut /qirralari kesilgan yaltiroq bo‘lmagan qog‘ozda 2D hajmdagi fotosurat;

2. 2D photo curved / Bukilgan 2D hajmdagi fotosurat;

3. 2D paper mask with eyes cut out/ Ko‘zlari o‘yilgan 2D hajmdagi qog‘ozli niqob;

4. Photo displayed on Android device / Android qurilmasida tasvirlangan fotosurat;

5. 3D layered paper photo 3D layered paper photo / 3D hajm qatlamiga ega qog‘ozli fotosurat;

6. Video displayed on laptop/ noutbukdagi tasvirlangan video.

Ishonchliligi bo‘yicha har bir hujum 10 martadan takrorlandi. Hammasi bo‘lib, 360 dan ortiq urinishlar amalga oshirildi, ammo iBeta biron marta ham MyID dasturiga ruxsatsiz kirish (dostup) imkoniyatiga ega bo‘lmadi. Shunga ko‘ra, biometrik tizim iBeta tomonidan ISO 30107-3 biometrik biometrik tasvir bo‘yicha vakillik hujumini aniqlash standartiga muvofiq sinovdan o‘tkazildi va 1-darajali deb tan olindi.

 iBeta National Institute of Standards and Technology (NIST) NVLAP tomonidan o‘zining sertifikatlash dasturi doirasida biometrik baholash uchun mustaqil sinov laboratoriyasi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan. iBeta 2023-yil uchun eng ilg‘or biometrik sinov laboratoriyalaridan biri hisoblanadi. Uning akkreditatsiyasi davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.

iBeta sinovi dunyoning 22 turli mamlakatlaridagi kompaniyalar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Faraz qiling, “Yagona integrator UZINFOCOM” o‘zining MyID biometrik identifikatsiya tizimiga ega bo‘lib, Markaziy Osiyoda Amerika laboratoriyasining sifat nazoratidan o‘tgan ilk kompaniya bo‘ldi. “Yagona integrator UZINFOCOM” xodimlari va kompaniyasi uchun muhim bo‘lgan ushbu tafsilot bilan faxrlanamiz!

Bugungi kunga kelib, MyID O‘zbekistondagi biometrik xizmatlar doirasidagi eng yirik loyihalardan biri sanaladi. MyID biometrik identifikatsiyasidan riteyl, to‘lov tizimlari, tijorat bank va davlat sektorlarida foydalaniladi.

"Nafaqat banklar, balki bozordagilarning barchasi MyID tizimidan mamnuniyat bilan foydalanishadi", — dedi Tenge Bank ATB boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Tavakkalov.

Agar siz “Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasining xizmat va faoliyati bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsangiz yoki MyID loyihasini hamkori bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu havola orqali o‘ting.

Sayt: uzinfocom.uz   

Murojaat uchun : savdo bo‘yicha menejyeri Azamat Turgun

Pochta manzili: a.turgun@uzinfocom.com

Telefon: +998950990088

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid