Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yordamchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoni imzolangan.
Shuningdek, Aziz Magrupov ham yangilangan tarkibda prezident yordamchisi lavozimini saqlab qolgan.
Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.
Ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yildan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Saida Mirziyoyeva 2022 yil noyabridan buyon Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri lavozimida ishlayotgandi.
- Eslatib o‘tamiz, avgust oyi o‘rtalarida Prezident administratsiyasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilgan, prezident administratsiyasi rahbari lavozimi va boshqa quyi lavozimlar tugatilgan, Sardor Umrzoqov, Sunnatulla Bekenov va Furqat Rahimov o‘z lavozimlaridan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
18:37 / 30.10.2024
Saida Mirziyoyeva Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi
20:53 / 28.10.2024
Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashdi
19:31 / 21.10.2024