Ish staji kimlarga ikki barobar qo‘shib hisoblanishi ma’lum qilindi
Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda qaysi toifadagi xodimlarga har ishlagan yili uchun 2 yillik ish staji hisoblanishi haqida ma’lumot berdi.
Moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlaganlik uchun — ikki hissa barobarida ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Ya’ni, 1 yil ushbu turdagi ishlarda faoliyat olib borgan fuqaroning mehnat staji 2 yil deb hisoblanadi.
Bundan oldin fuqarolarga pensiya va nafaqani naqd pul shaklida to‘lash tizimi o‘zgarishi kutilayotgani xabar berilgandi.
2023 yil 1 noyabrdan boshlab aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan maxsus planshetlarda fuqarolarning barmoq izi ma’lumotlarini Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali o‘zaro mos kelgani tasdiqlanganidan so‘ng naqd pul shaklida pensiya va nafaqa to‘lash tizimi joriy etiladi.
Respublikaning tog‘li va olis hududlarida internet tezligi yoki boshqa muammolar sababli pensiya oluvchining barmoq izlarini elektron shaklda solishtirish imkoniyati bo‘lmaganda hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma orqali boshqa shaxsga to‘lanayotganda naqd pul shaklda pensiya va nafaqalar to‘lov qaydnomalarini imzolash orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
07:50 / 26.10.2024