O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqishni rejalashtirmoqda
Afg‘oniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlari rivojlantiriladi.
Joriy yil 26 – 27 avgust kunlari O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘onistonga safari amalga oshirildi.
Safar davomida Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi mullo Hamidullo Oxunzoda bilan «O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston» avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab ekspeditsiya amalga oshirildi.
Ekspeditsiya jarayonida «O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» avtomobil yo‘nalishidagi, Kobul shahrini Afg‘oniston shimoli (Mozori-Sharif) bilan bog‘lovchi Salang dovoni hamda Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi «Torxam» chegara o‘tkazish punktidagi vaziyat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Ikki tomonlama muzokaralarda Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish, ikki davlat transport logistika korxonalari hamkorligini kuchaytirish, xalqaro avtomobil tashuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, Afg‘oniston hududi bo‘ylab tranzit o‘tishga hamda boshqa manzillarga yuk tashishga o‘rnatilgan cheklovni olib tashlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida va tranzit yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024