O‘zbekiston | 08:32 / 28.08.2023
2253
1 daqiqa o‘qiladi

Yuridik maslahatchilar tashkiloti xalqaro huquq bo‘yicha maslahat berishga haqli bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zgartirishlar:

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizomga;

Vazirlar Mahkamasining 14.03.2019 yildagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti to‘g‘risidagi ustavga kiritilmoqda.
 
2024 yil 1 yanvardan boshlab yuridik maslahatchilar, ularning tashkiloti Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestriga kiritilgandan so‘ng, nafaqat xorijiy mamlakat huquqi, balki xalqaro huquq bo‘yicha ham maslahat berishga haqli bo‘ladi.
 
2025 yil 1 yanvardan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik to‘siqlar kelishuvining Vijdonan yondashish amaliyoti kodeksi talablari bajarilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid